Rasman 3-oktabrdan lotereyaga ariza topshirish mumkin

2020 yil “Turli millatga mansub immigrantlar vizasi – Grin Kard lotereyasi” dasturiga (DV-2020) 2018 yil, 3 oktabrdan 6 noyabrgacha ariza topshirish mumkin. Bu haqda AQShning O'zbekistondagi elchixonasi xabar berdi.

2020 yil dasturida mamlakatlar ro'yxatida o'zgarish yo'q, ya`ni O'zbekistonda tug'ilgan barcha shaxslar bir marta, FIOsi pasportida yozilganiga aniq muvofiq holda, olinganiga 6 oydan oshmagan fotosurat bilan, hamda barcha oila a`zolarini qo'shib ariza topshirish huquqiga egalar.

“Turli millatga mansub immigrantlar vizasi – Grin Kard lotereyasi” dasturiga (DV-2020) ariza topshirish tekin. Arizalarni faqatgina Internet orqali dvlottery.uz manzilida topshirish mumkin.скачать dle 11.3
26-09-2018, 11:32